"Manchester Yunayted" De Xeaga o‘rinbosar topdi

"Manchester Yunayted" De Xeaga o‘rinbosar topdi

"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasida, deb xabar beradi Daily Mirror.

U joriy mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin bo‘lgan David De Xea o‘rniga nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Oblakning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi. “Matraschilar” 29 yoshli darvozabon bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Oblakning o‘rniga "Atletiko" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesni ko‘rib chiqmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!