"Manchester Yunayted" braziliyalik hujumchini sotib olishga yaqin turibdi

"Manchester Yunayted" braziliyalik hujumchini sotib olishga yaqin turibdi

"Manchester Yunayted" klubi "Ayaks"ning braziliyalik hujumchisi Entoni bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deb xabar beradi Mirror.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi vakillari kelishuvni yakunlash uchun allaqachon Amsterdamga yetib borgan. Transfer summasi taxminan 45 million yevroni tashkil qiladi. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi, avvalroq “Ayaks”ni boshqargan Erik ten Xag futbolchini sotib olishni talab qilgan.

22 yoshli Entoni o‘tgan mavsumda "Ayaks" safida barcha turnirlarda 32 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 10 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!