"Manchester Siti" Holand transferini e’lon qildi

"Manchester Siti" Holand transferini e’lon qildi

«Manchester Siti» matbuot xizmati rasmiy saytida Dortmundning «Borussiya» klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holandning transferi haqida xabar berdi.

Transfer summasi, turli manbalarga ko‘ra, 60 dan 75 million yevrogacha bo‘lgan. Futbolchining agentlari va vakillari taxminan 50 million yevro olishadi. Hujumchining o‘zi «shaharliklar» bilan 2027 yilning yoziga qadar yillik 21 million yevro maosh bilan shartnoma imzolagan.

21 yoshli Holand 2020 yildan beri Dortmundning «Borussiya»sida to‘p suradi. Umuman olganda, u nemis klubi safida barcha musobaqalarda 89 ta o‘yin o‘tkazib, 86 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!