"Manchester Siti" bosh murabbiyi Gvardiola: “Hech kim futbolchilar haqida o‘ylamayapti!”

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Gvardiola: “Hech kim futbolchilar haqida o‘ylamayapti!”

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘yinlarning intensiv taqvimiga tanqidiy munosabatda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda BBC.

Gvardiolaning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi tufayli turnir jadvali o‘zgartirilgani bois futbolchilar jiddiy bosimlarga duch kelishmoqda. Ko‘pgina chempionatlarda mavsumoldi tayyorgarligi qisqartirilgan, ammo uchrashuvlar vaqti tezlashib ketgan.

«Hech kim futbolchilar haqida qayg‘urmayapti. Premyer-liga, UYEFA, Angliya futbol ligasi, shularning hammasi o‘z biznesini, o‘z mavqeini o‘ylamoqda», - demoqda ispaniyalik mutaxassis.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!