Manba: Shomurodovning "Roma"dagi ertagi yakunlandi. U jamoaning "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvida ishtirok etmaydi

Manba: Shomurodovning "Roma"dagi ertagi yakunlandi. U jamoaning "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvida ishtirok etmaydi

Italiyaning "Roma" klubi sharafini himoya qilayotgan yurtdoshimiz Eldor Shomurodov tez orada rimliklar safini tark etadi. Bu haqda Match TV xabar berdi.

Futbolchimizning agenti Qahhor Mo‘minovning ta’kidlashicha, futbolchi Londonning "Tottenxem" klubi bilan bo‘ladigan o‘rtoqlik o‘yiniga klub bilan birga bormaydi. "Bu klub bilan kelishilgan harakat, chunki Eldor yaqin orada jamoasini o‘zgartiradi. Bu ijarami yoki doimiy transfermi, hozircha aniq emas”, - dedi Mo‘minov.

Eslatib o‘tamiz, Eldor “Roma”ga 18 million yevro evaziga "Jenoa"dan transfer qilingan va 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolagan edi. Rim klubida Joze Mourinyo boshchiligida o‘zbekistonlik hujumchi barcha musobaqalarda 40ta o‘yin o‘tkazib, 5ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!