Manba: Mesut o‘zil faoliyatini yakunladi

Manba: Mesut o‘zil faoliyatini yakunladi

"Istanbul Bashakshehir" yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi, deya xabar beradi turkiyalik insayder Yakup Chinar.

Manba bergan xabarga ko‘ra, germaniyalik yarim himoyachi Turkiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan “Kayserispor”ga qarshi o‘yindagi (0:1) harakatlari uchun jamoa murabbiylar shtabi tomonidan tanqid qilingan. Keyinroq O‘zil mashg‘ulotlarga kelmay, jamoadoshlariga faoliyatini yakunlagani haqida ma’lum qildi.

Avvalroq 34 yoshli futbolchi “Fenerbaxche”, “Arsenal”, “Real” va “Shalke” klublarida to‘p surgan. U Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni, Ispaniya chempioni va to‘rt karra Angliya kubogi sohibi.

Joriy mavsumda u "Bashakshehir" safida barcha turnirlarda 8ta o‘yin o‘tkazib, samarali harakatlari bilan gol ura olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!