Manba: Falastin va Isroil G‘azoda sulh tuzishga kelishib oldilar

Manba: Falastin va Isroil G‘azoda sulh tuzishga kelishib oldilar

G‘azo sektori va Isroil rasmiylari mahalliy vaqt bilan soat 20:00da kuchga kiradigan sulh bo‘yicha kelishib oldi.

Bu haqda Falastin rasmiysiga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

“G‘azodagi sulh mahalliy vaqt bilan 20:00'dan kuchga kiradi", deyiladi agentlik bayonotida.

Biroq, bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i hozircha yo‘q.

Avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi tunnelga hujum qilgani xabar qilingandi.

5 avgust kuni Isroil "Tong' operasiyasini e’lon qildi. Isroil va anklav o‘rtasidagi 80 kilometrlik chegarada favqulodda holat e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!