Malida terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Malida terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Malining sharqidagi terakt oqibatida kamida 21 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Xabarda Tessit hududidagi jangarilarning hujumi oqibatida 17 harbiy va 4 nafar tinch aholi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bundan tashqari, 22 kishi jarohatlangan, 9 kishi bedarak yo‘qolgan.

Mali harbiylarining xabar berishicha, huquq-tartibot kuchlari o‘nga yaqin jangarini yo‘q qilgan.

Hujum “Islomiy davlat” tashkilotiga aloqador terrorchilar tomonidan amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!