Malayziya nima uchun Rossiydan minnatdor?

Malayziya nima uchun Rossiydan minnatdor?

Malayziya tashqi ishlar vaziri Sayfuddin Abdulloh Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda katta miqdordagi palma yog‘ini sotib olgani uchun minnatdorchilik bildirdi, deydi “Mk.ru”.

Abdulloh, shuningdek, Malayziya Rossiya bilan ayerokosmik sanoat va ta’lim sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Malayziya va Indoneziya palma yog‘i bozor zaxirasining 90 % gachasini ishlab chiqaradi. Yevropa Ittifoqi esa palma asosidagi bioyoqilg‘idan voz kechmoqchi, chunki uni ishlab chiqarish o‘rmonlarning kesilishiga olib kelmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, 2018 yilda Rossiya 748,77 million dollar miqdorida 1,06 million tonna palma yog‘i sotib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!