Makron vaksinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini ma’lum qildi

Makron vaksinalar tufayli yangi jahon urushi avj olganini ma’lum qildi

Evropa vaksinasiya bilan bog‘liq bo‘lgan “yangi turdagi jahon urushi”ga ro‘baro bo‘ldi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar bermoqda, deb bayonot qildi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa ittifoqining onlayn-sammiti birinchi kuni yakuniga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida.

Makronning aytishicha, bu holat shu jumladan, Rossiya va Xitoyning vaksinalar yordamida ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlari tufayli ham yuz bergan.

Fransiya yetakchisi yuzaga kelgan holatda Yevropa vaksina ishlab chiqarish masalasida mustaqil bo‘lishi kerakligini qayd etib o‘tgan.

Yaqin oylarda Yevropa koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish hajmlarini oshiradi va yirik ishlab chiqaruvchiga aylanadi, deya va’da bermoqda Makron. Shu bilan birga, u, agar ishlab chiqaruvchi Yevropa ittifoqiga yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmayotgan bo‘lsa, vaksinalar eksportini bloklashni taklif etdi.

U Pfizer va Moderna AstraZenecadan farqli o‘laroq o‘z majburiyatlarini bajarayotganini ma’lum qildi.

Ichki bozor masalalari bo‘yicha Yevrokomissar Tyerri Breton sal avval Yevropaga Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi kerak bo‘lmasligi, sababi, Yevropa ittifoqi doirasida hozirda to‘rtta preparat ma’qullangani va kollektiv immunitet shakllanishi uchun shuning o‘zi yetarli bo‘lishini aytgan edi.

Sal avval esa Breton "Sputnik V" – yaxshi vaksinaligini, Yevropa ittifoqida uning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish lozimligini, va bu masalada, ehtimol Rossiya yordami kerak bo‘lishi haqida gapirgan.

Italiya bosh vaziri Mario Dragi esa YEI doirasida bu borada ishlar muvofiqlashtirilmagani tufayli, Rim Rossiya vaksinasiga buyurtma berishini istisno qilmagan. GFR kansleri Angela Merkel esa Yevropa ittifoqi "Sputnik V"dan foydalanishi zarurligi, agar YEI bu vaksinaga buyurtma bermasa, Germaniya bu ishni mustaqil amalga oshirishi haqida bayonot qilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilgariroq Moskva hech kimga o‘z vaksinasini tiqishtirmayotganini, ammo Yevropaga u kerak emas, degan ta’kidlar yangrayotganida, shu yerda ular kimning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlamoqda – fuqarolarningmi yoki farmkompaniyalarning, degan savol yuzaga kelishini aytgan edi.

Rossiyada koronavirusga qarshi uchta vaksina ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ulardan birinchisi — "Sputnik V"ni yaxshi o‘rganilgan inson adenovirusi platformasida — Gamaleya nomidagi markaz Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investisiyalar fondi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan.

"Sputnik V" 52 ta davlatda ma’qullangan (umumiy aholi soni 1,4 milliard insondan ko‘p). Davlat regulyatorlari tomonidan ma’qullanishlar soni bo‘yicha vaksina dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Shuningdek, Rossiyada COVID-19ga qarshi yana ikkita vaksina yaratilgan – bu Rospotrebnadzorga tegishli "Vektor" markazining "EpiVakKorona" vaksinasi hamda RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaksinasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!