Makron uzr so‘radi: "Fransiya ulardan qarzdor!"

Makron uzr so‘radi: "Fransiya ulardan qarzdor!"

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Jazoir mustaqilligi uchun kurashda fransuz armiyasi safida kurashgan jazoirlik askarlar – xarkilardan uzr so‘radi.

“Bu jangchilarga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman, – dedi Makron. – Biz unutmaymiz. Tashlab qo‘yilgan jangchilar, ularning lagerlar va turmalarga jo‘natilgan yaqinlaridan uzr so‘rayman. Fransiya Respublikasi ulardan qarzdor. Biz unutmaymiz”.

Prezidentning aytishicha, xarkilarning xizmatini e’tirof etishni va tovon to‘lashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Tovon summasini maxsus komissiya hisoblab chiqadi.
Jazoir mustaqilligi uchun urush 1954-1962 yillarda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda 200 mingga yaqin jazoirlik frasuz armiyasiga olingan. Urush tugagandan keyin ularning ko‘pi Jazoirda tashlab ketilgan, oqibatda jazolangan va qatl etilgan. O‘n minglab xarki oila a’zolari bilan Fransiyadan boshpana olmoqchi bo‘lgan, biroq ularni sharoiti o‘ta og‘ir lagerlarga jo‘natishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!