Makron urush bo‘lishini istayapti — manba

Makron urush bo‘lishini istayapti — manba

Haqqin.az portali diplomatik manbalarga asoslanib, Parij "ispan kommunistining nabirasi", mer Anne Xidalgoning tashabbusi bilan Tog‘li Qorabog‘ni tan olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidlamoqda. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, Xidalgo Fransiyaning arman jamoatchiligi bilan yaqin aloqada bo‘lib, u taniqli fransuz armanilarining qizi Anush Toranianni o‘rinbosar qilib tayinlagan va uning chiqishlari "turkofobiya va arman millatining tanlanishiga chuqur ishonch bilan singdirilgan".

Haqqin.az saytining yozishicha, umuman Fransiya tinchlik va osoyishtalik bo‘lishini istamayapti, shuning uchun Parij Ozarbayjon, Armaniston va Rossiyadan YEXHT Minsk guruhi shafeligida yig‘ilishni talab qilmoqda.

“Agar Qorabog‘ muammosi hal etilsa, nimani muhokama qilish kerak?! Nima haqida gaplashish kerak? Makron va Fransiya urushga chanqoq. Aks holda, nima uchun endi mavjud bo‘lmagan narsani tan olish kerak?" – deya ta’kidladi manba.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!