Makron: Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yillar, hatto o‘nlab yillar davom etadi

Makron: Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yillar, hatto o‘nlab yillar davom etadi

Fransiya prezidenti Yevropa kuni munosabati bilan Yevropa parlamentida nutq so‘zladi. Bugun Ukraina Yevropa komissiyasiga sayyoradagi eng yirik siyosiy blokka qo‘shilishga nomzod maqomini olish uchun so‘rovnomaning ikkinchi qismini topshirdi.
Evropa komissiyasi Ukrainaning arizasini iyun oyida baholaydi. Nomzod maqomi berilgan taqdirda ham, YEIga a’zo bo‘lish uchun mamlakat turli mezonlar bo‘yicha jiddiy takomillashishi va 450 million aholiga ega bo‘lgan blokning barcha 27 davlati roziligini olishi kerak bo‘ladi.
“Biz hammamiz yaxshi bilamizki, qo‘shilish jarayoni yillar va haqiqatda, ehtimol bir necha o‘n yillar davom etadi. Agar biz nomzodlar uchun standartlarni yumshatishga qaror qilmasak, bu haqiqat. Biz Yevropa birligiga bo‘lgan yondashuvimizni qayta ko‘rib chiqmaymiz”, — dedi Makron.
"Ammo, Yevropa Ittifoqiga rasmiy a’zo bo‘lmasa ham, Ukraina Yevropa oilasining bir qismi, chunki u Yevropa uchun jasorat bilan kurashmoqda", dedi Makron.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!