Makron Turkiya va Suriyaga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi

Makron Turkiya va Suriyaga yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron zilziladan keyin Turkiya va Suriyaga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Fransiya prezidenti o‘zining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida yozdi.

Makronning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya tabiiy ofat hududlarida jabrlanganlarga shoshilinch yordam ko‘rsatishga tayyor.

"Bizning fikrimiz qurbonlarning oilalariga qaratilgan" - dedi siyosatchi.

Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning yetti viloyatida ko‘plab insonlar halok bo‘ldi, 2,3 mingdan ortiq kishi jarohat oldi.

Zilzila dushanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan 04:17 da sodir bo‘lgan. Soat 06.30 holatiga ko‘ra, 42 ta yer silkinishi qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!