Makron: "Putinning ruhiy holati pandemiyada yakkalanib qolganligi sababli yomonlashgan"

Makron: "Putinning ruhiy holati pandemiyada yakkalanib qolganligi sababli yomonlashgan"

Fransiyaning Le Point haftalik nashri Makron bilan intervyu e’lon qildi. Unda Ukrainadagi mojaro sabablari va Makronning o‘zi nima uchun Putinga qo‘ng‘iroq qilishda davom etayotgani tushuntirilgan.

Fransiya prezidentining fikricha, Putinning qarori “paranoyyaga aylanib ketgan kuchli g‘azab” bilan bog‘liq. Putinning ruhiy holati pandemiyada yakkalanib qolganligi sababli yomonlashgan.

“U allaqachon yolg‘izlik yoqasida edi. Sochiga ketdi, u yerda bir necha oyga yakkalandi, odamlar bilan kamroq aloqada bo‘ldi”.

Makron “qisqa muddatda Putin muzokaralar stoliga o‘tirishi mumkinligiga unchalik ishonmasligini” ta’kidlagan.

Shuningdek, u RF prezidentiga doimiy qo‘ng‘iroqlarini shunday tushuntirgan: “Agar u boshqa hech kim bilan gaplashmasa, biz bu harakatlar qayergacha borishini bilmaymiz”.

Fransiyalik siyosatchi Putinga “Ukrainada o‘zi uchun harbiy g‘alaba zarurligini” aytdi. “Putin Fransiyani hurmat qiladi va uni G‘arb davlatlaridan biri sifatida emas, balki mustaqil davlat sifatida qabul qiladi”, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!