Makron Belarusdan Rossiya qo‘shinlari olib chiqilishini talab qildi

Makron Belarusdan Rossiya qo‘shinlari olib chiqilishini talab qildi

“Anadolu” tarqatgan xabarga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Belarusni Rossiyadan qo‘shinlarini zudlik bilan o‘z hududidan olib chiqib ketishini talab qilishga chaqirdi.

Telefon orqali suhbatda Makron prezident Aleksandr Lukashenkodan so‘rovni imkon qadar tezroq bajarishga chaqirdi, chunki Rossiya “bir tomonlama va adolasiz urush olib bormoqda, — deyiladi Yelisey saroyi bayonotida.

Fransiya prezidenti Lukashenkoga belarus va ukrain xalqlari o‘rtasidagi chuqur birodarlikni eslatgan. Bu Belarusni Rossiya vassalligidan, Ukrainaga qarshi urushda haqiqiy sherik bo‘lishdan bosh tortishga majbur qilishi kerak, — deyiladi xabarda.

U Minsk xalqaro hamjamiyat bilan qutqaruv operasiyalarini o‘tkazish va ukrainaliklarga yordam berish uchun hamkorlik qilishi zarurligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Makronni harbiy mashg‘ulotlar doirasida Belarusda joylashgan qo‘shinlar mashg‘ulot tugaganidan keyin qaytarilishiga ishontirgan.

Hafta boshida Rossiya harbiy amaliyot boshlangach esa Ukraina rasmiylari mamlakat artilleriya otishmalariga duch kelgani, rus qo‘shinlari Belarus bilan shimoliy chegara bo‘ylab mamlakatga kirib kelayotganini aytdi.

Avvalroq Fransiya Kiyevdagi harbiy operasiyada Moskvaga yordam bergani uchun Belarusga qarshi sanksiya joriy etish bilan tahdid qilgan edi. Bayonotda Minskka nisbatan hech qanday repressiya haqida gapirilmagan.

Belarus tomonining “Belta” davlat axborot agentligida batafsil bayon etilgan qo‘ng‘iroq stenogrammasida ikki davlat rahbarlari bir soatdan ko‘p vaqt davomida Rossiya-Ukraina mojarosi va Belarusning Yevropadagi rolini muhokama qilgani keltirilgan, “Rossiya qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi” haqida esa hech narsa deyilmagan.

Makron tomonidan ilgari surilgan Minsk Rossiyaga Belarus hududida yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berganiga kelsak, “Belta” xabariga ko‘ra, Lukashenko buni “soxta xabar” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!