Makolay Kalkin Trampni "Uyda yolg‘iz 2" komediyasidan olib tashlash taklifini qo‘llab-quvvatladi

Makolay Kalkin Trampni "Uyda yolg‘iz 2" komediyasidan olib tashlash taklifini qo‘llab-quvvatladi

Yangi yil komediyalari bo‘lmish "Uyda yolg‘iz" va "Uyda yolg‘iz  2" kartinalarida asosiy rolni ijro etgan aktyor Makolay Kalkin AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp namoyish etilgan sahnani kartinadan olib tashlash taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlanishicha, Tvitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilardan biri bosh qahramonning Tramp bilan uchrashadigan epizodini tahrir qilgan. Yangi videoda Tramp o‘rniga Kalkin bo‘shlik bilan gaplashgan, ya’ni Trampning gaplari eshitilmagan.

Aktyor esa ushbu video ostiga "Bravo!" deb yozgan.

Ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu sahnada Trampni yangi saylangan prezident Jo Bayden bilan almashtirishni taklif qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!