Makgregor UFC prezidentini yolg‘onchilikda aybladi

Makgregor UFC prezidentini yolg‘onchilikda aybladi

Sobiq jangchi Konor Makgregor UFC rahbari Dana Uaytni yolg‘onchilikda aybladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha soat oldin Uayt Makgregorni Diyego Sanches bilan jangga bag‘ishlangan shaxsiy yozishmalarini e’lon qilgani uchun tanqid qilgan va uni erkaklarga xos bo‘lmagan harakatni sodir etgani, shuningdek, kodeksni buzganligini ta’kidlagan.

«Meni jang qilishdan bosh tortdi, deb yolg‘on gapirganingdayoq kodeks buzilgan edi. Men Jastin [Getji] bilan jang qilish haqida gapirgan edim, sen esa borib, mening jang qilmoqchi emasligimni aytding. Gap Diyego [Sanches] haqida ketmayapti. Yolg‘on  gapirishni to‘xtat!», - deb yozgan irlandiyalik o‘z tvitterida.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!