MakGregor: "Men eng buyuk jangchiman, jin ursin!"

MakGregor: "Men eng buyuk jangchiman, jin ursin!"

UFC jangchisi, irlandiyalik Konor MakGregor tvitterdagi sahifasida tarixdagi eng yaxshi jangchilar reytingining yangi versiyasini e’lon qildi.

"Nokautning eng yuqori foizini, shuningdek, eng tez nokautni kim qayd etganini unutmang. Men eng buyuk jangchiman, jin ursin!”, — deb yozdi MakGregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Shuningdek, u raqiblarini buni tan olishga chaqirdi.

Avvalroq MakGregor bu mavzuda gapirib, Anderson Silvani Braziliya tarixidagi eng yaxshi MMA jangchisi deb topishga chaqirgan edi. U o‘zini ikkinchi o‘ringa qo‘ydi. Endi esa fikrini o‘zgartirib, o‘zini eng buyuk jangchi deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!