Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangida raqibini nokautga uchratdi

Mahmud Murodov UFC’dagi ikkinchi jangida raqibini nokautga uchratdi

MMA bo‘yicha o‘rta (-84 kg) vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (23-6, 14 KO) UFC’dagi ikkinchi jangini 8 dekabr, yakshanba kuniga o‘tar kechasi AQShda o‘tkazdi.

Mahmud Murodov MMA’ning eng nufuzli turniri bo‘lgan UFC’dagi ikkinchi jangida amerikalik Trevor Smitga (15-9, 10 KO) qarshi oktagonga chiqdi. Uch raundga mo‘ljallangan jangning so‘nggi raundida Mahmu raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli Smit jiu-jitsu sporti ustasi sanaladi. U Murodovga qadar MMA’da o‘tkazgan 24 ta jangining faqat bittasida raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Yana sakkizta jangida usul yordamida muddatidan oldin g‘alaba qozongan. UFC musobaqalarida 11 marta oktagonga ko‘tarilib, beshta g‘alaba va oltita mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi. Endi mag‘lubiyatlar soni yettitaga yetdi.

Murodov esa UFC’dagi ikkinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunladi. U ilk jangida ochkolar hisobiga yutgandi. Qayd etish joiz, Mahmud UFC bilan to‘rtta jangga shartnoma imzolagan. Hammasi shu yo‘sinda ketsa, bitim uzaytiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!