Mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi

Mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi

Yig‘ilishda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish tartibi soddalashtirilishi belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati yozmoqda.

Jumladan:

- 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqargan mahsulotini ortiqcha hujjatlarsiz sotish yo‘lga qo‘yiladi;

- eng yaxshi sotilgan tovarlar keyinchalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylashtiriladi;

- tadbirkorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga olish tartibi joriy etiladi;

- mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uchun birja to‘lovlari 2 baravarga qisqartiriladi;

- soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish o‘tkazilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!