Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda qanday taomlardan tiyilish tavsiya etiladi?

Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda qanday taomlardan tiyilish tavsiya etiladi?

“O‘zgidromet” agentligi tomonidan bugun Toshkentda G3 darajali va 4 ballga teng magnit bo‘ronlari bo‘lishi prognoz qilingan edi. Ayni paytda kuzatilayotgan ushbu hodisa salomatligimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun qanday yo‘l tutish lozim?

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu borada quyidagi tavsiyalarni beradi:

  • Magnit bo‘ronidan arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
  • Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni ta’minlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.
  • Qolaversa, magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.
  • Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.
  • Ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qilish zarur.
  • Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yog‘li, achchiq, sho‘r taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.
  • Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, mutaxassislar ortiqcha zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlar bilan vaqtincha shug‘ullanmaslikni maslahat berishadi.
  • Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.
  • Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!