"Magic City"da ikki suratchi janjal tufayli bir-birini pichoqladi

"Magic City"da ikki suratchi janjal tufayli bir-birini pichoqladi

Toshkentdagi Magic City bog‘ida ikki fotosuratchi o‘rtasida janjal yuz berib, biri ikkinchisini pichoqladi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, faoliyat yuritayotgan fotosuratchilar o‘rtasidagi janjal 6 avgust kuni kechqurun yuz bergan. Janjal vaqtida 20 yoshli fotosuratchi SH.D. hamkasbi 25 yoshli H.K. ga o‘tkir tig‘li oshxona pichog‘i bilan jarohat yetkazgan.

U voqea joyiga yetib kelgan Ichki ishlar organi xodimlariga ham qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng xodimlar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini yordamga chaqirgan va fuqaro qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, jarohatlangan fuqaro H.K. ga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va hozirda uning salomatligi qoniqarli.

Huquqbuzar SH.D ga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- (mayda bezorilik) va 194- (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari bo‘yicha jazolangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!