MAGATEning Kiyevga ta’sir o‘tkazish uchun vositalari kam

MAGATEning Kiyevga ta’sir o‘tkazish uchun vositalari kam

Xalqaro atom energiyasi agentligida (MAGATE) Zaporojye atom elektr stansiyasiga hujum qilayotgan Kiyevga ta’sir o‘tkazish uchun vositalar yetarli emas. Bu haqda “Rossiya 24” telekanali efirida “Rosenergoatom” (“Rosatom” tarkibiga kiradi) bosh direktori maslahatchisi Renat Karchaa ma’lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

“Bir tomondan, MAGATE xolis yondashishi kerak – bu yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro institut. Boshqa tomondan, MAGATE xalqaro institut sifatida, BMT qoshidagi tashkilot maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, ancha cheklangan vositalar to‘plamiga ega. Va, afsuski, men biz ta’sir deb ataydigan narsaning samaradorligi xali juda past darajada ekanligini ko‘ryapman”, - deydi Karchaa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojye AES bo‘yicha u yoki bu voqeani turlicha baholash mumkin, “biroq mohiyat o‘zgarishsiz qolyapti, muloqotdan nariga, afsuski, o‘tilmayapti, jumladan MAGATE darajasida ham.

U Zaporojye AES o‘qqa tutilishini to‘xtatish uchun “aniq, qattiq, yuridik majburiyat yuklovchi” choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlari shanba va yakshanba kuni ertalab Zaporojye AES hududiga, shuningdek, stansiyani ta’minlovchi elektr uzatish liniyasiga qarata 20 dan ortiq yirik kalibrli artilleriya snaryadlarini otgani haqida xabar bergan edi. ZAES hududida radiasiyaviy vaziyat normalligicha qolmoqda.

MAGATE rahbari Rafael Grossi stansiya atrofidagi vaziyatni “jiddiy” deb baholadi va vaziyat imkon bersa, mutaxassislar dushanbadagi hujum talafotlariga baho berishini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!