MAGATE yil oxirigacha ZAES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga umid qilmoqda

MAGATE yil oxirigacha ZAES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga umid qilmoqda

Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi.

«Mening vazifam imkon qadar tezroq yechim topishdir. Umid qilamanki, yil oxirigacha», dedi Grossi juma kuni chop etilgan Italiyaning La Republica gazetasiga bergan intervyusida. «Men Putin jarayonni kuzatib borayotganini bilaman, yaqin kelajakda u bilan va Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan yana bir uchrashuv bo‘lishini istisno etmayman», — deya qo‘shimcha qildi u.

Grossi bir necha bor o‘qqa tutilgan ZAES atrofida demilitarizasiya zonasini yaratishga harakat qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushayotgan ikkala tomon ham AES hududini o‘qqa tutmaslik va uning hududidan o‘t ochmaslik haqida printsipial kelishib olgan.

«Rossiya kelishuvga va zavodni himoya qilish tamoyiliga qarshi emas», - deydi Rafael Grossi. «Zavoddan qurol-yarog‘ning olib chiqilishi - aniq sabablarga ko‘ra ukrainaliklar talab qilayotgan narsa. Va har holda, bu umumiy kelishuvning bir qismi bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qildi MAGATE rahbari.

Grossi aytganidek, MAGATEning vazifasi Zaporoje atom elektr stansiyasidagi hodisaning oldini olish, u yoki bu tomon uchun foydali bo‘lgan harbiy vaziyat yaratishga intilmaslikdir.

Zaporoje AES Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi bo‘lib, u oltita VVER-1000 energoblokiga ega. 2022 yil 28 fevraldan boshlab ZAES Rossiya armiyasi nazorati ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!