Madaniyatlararo muloqotning raqamli platformalarini ishga tushirish taklif etildi

Madaniyatlararo muloqotning raqamli platformalarini ishga tushirish taklif etildi

Prezidentimiz madaniy-gumanitar aloqalar an’anaviy ravishda hamkorligimizning mustahkam asosi ekanini ta’kidladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish SHHT mintaqasidagi tinchlik va keng qamrovli sheriklikning garovidir.

Bugun qabul qilinayotgan Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani amalga oshirish bo‘yicha kompleks reja aynan shu maqsadlarga qaratilgan.

SHHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo‘shimcha formatlarni ta’sis etish zarurligi qayd etildi.

Madaniyatlararo muloqotning raqamli platformalarini ishga tushirish taklif etildi.

O‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish, sayyohlik sohasida qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu ustuvor yo‘nalishdagi hamkorlikni faollashtirish uchun davlatimiz rahbari kelgusi yilni SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili, deb e’lon qilishni taklif etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!