Madaniyat vaziri xonandalarga rasmiylarning ruxsatisiz qo‘shiq kuylashni taqiqladi

Madaniyat vaziri xonandalarga rasmiylarning ruxsatisiz qo‘shiq kuylashni taqiqladi

Checheniston madaniyat vaziri Xoj-Baudi Daayev ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lib ketgan chechen pop-xonandalariga rasmiylarning ruxsatisiz qo‘shiq kuylash va konsert berishni taqiqlab qo‘ydi. Daayevning "psevdomusiqachilar" bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini "Grozniy" davlat teleradiokompaniyasi namoyish qilgan.

"Odamlar yaxshi bilishadi, artist bo‘lishni istagan odamda o‘zining qo‘shiqlari, o‘z repertuari bo‘lishi kerak. Mana bir necha yildan beri Chechenistonning rahbari Qodirov Ramzan Ahmatovich topshirig‘i bilan maxsus komissiya faoliyat yuritadi. Bu komissiya qo‘shiq matni va musiqasining chechen madaniyatiga mos kelishini tekshirib, ruxsat bersagina, qo‘shiq xalqqa taqdim etilishi mumkin", – degan madaniyat vaziri.

Lavhada ta’kidlanishicha, so‘nggi vaqtlarda YouTube “chechen urf-odatlari va an’analarini chetlab o‘tib”, omma oldida chiqish qilayotgan, o‘zini artist deb hisoblaydigan "psevdoartistlar" uchun maydonga aylanib qolgan.

Madaniyat vaziri yig‘ilganlarga duch kelgan joyda va og‘ziga kelgan qo‘shiqni kuylamaslikni ta’kidlaydi, chunki “respublikaning otasi, hukumati va qonunlari bor”.

Lavha yakunida vazir huzuriga taklif qilingan artistlar kamera qarshisida “o‘z bilganlaricha” ijod bilan shug‘ullanmaslikka so‘z beradilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!