Lyuksemburg Ukrainaga HMMWV yuk tashuvchi furgonlarni topshirdi

Lyuksemburg Ukrainaga HMMWV yuk tashuvchi furgonlarni topshirdi

Lyuksemburg Ukrainaga HMMWV yuk tashuvchi furgonlarni topshirdi va mamlakatni 155 millimetrli o‘q-dorilar hamda dronlar bilan ta’minlashni ko‘rib chiqmoqda.

"Bu bilan Ukrainaning o‘zini himoya qilish imkoniyati mustahkamlanadi. Lyuksemburg Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Mudofaa vaziri Fransua Baush.

Bundan tashqari, Lyuksemburg qurollanish bo‘yicha direktori Gi Xoffman mamlakat Ukrainaga 155 millimetrli o‘q-dorilar va dronlarni yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina tomoni allaqachon tergovchilar foydalanadigan 3D-skanerlarni qabul qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!