Lyuk Besson Toshkent kinofestivali ochilish marosimiga keladi

Lyuk Besson Toshkent kinofestivali ochilish marosimiga keladi

Fransiyalik kinorejisser, ssenariy muallifi, prodyuser va yozuvchi Lyuk Besson “Ipak yo‘li durdonasi” - Toshkent xalqaro kinofestivaliga ashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Kinematografiya agentligi Sputnik muxbiriga.

Jahon kino san’ati afsonasi, “Taksi”, “Leon”, “Beshinchi element” kabi filmlar yaratuvchisi 28 sentyabr kuni, Yangilangan Kino saroyida bo‘lib o‘tadigan XIII Xalqaro kinofestival ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ushbu marosimda rossiyalik taniqli kinorejisserlar Nikita Mixalkov va Timur Bekmambetovlar ham ishtirok etadi. Tadbirda shuningdek, Yelena Borisova, Valdis Pelsh, Artem Mixalkov, Pavel Priluchniy, Aleksey Chadov, Irina Pegova kabi rosiyalik aktyor va boshlovchilar ishtirok etishadi.

Mashhur kino yulduzlari o‘zbekistonlik yosh kino ijodkorlari bilan master-klasslar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishadi hamda Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadigan "Rossiya kinosi kunlari”da ishtirok etishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!