Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi

23 noyabr kuni Luvr muzeyida ilk bor O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma ochiladi.

Ushbu beqiyos loyihaga so‘nggi bir necha yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining jamoasi tomonidan Luvr muzeyi kuratori Yannik Lints, ilmiy kurator Rokko Rante hamda loyihaning ilmiy maslahatchisi Shokir Pidayev bilan hamkorlikda puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

Ko‘rgazmada hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinib, unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 16 ta muzeyidan 138 dona osori atiqalar, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyolari namoyish etiladi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi madaniyatlararo hamkorlik borasida tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro san’at ixlosmandlariga mintaqaning boy madaniyatini namoyish etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!