Lukashenkoning raqiblarini yo‘q qilgan "o‘lim jangchisi" iste’foga chiqdi (VIDEO)

Lukashenkoning raqiblarini yo‘q qilgan "o‘lim jangchisi" iste’foga chiqdi (VIDEO)

Belorusciya prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma’muriyati rahbari Sheyman iste’foga chiqdi. Bu haqda «Pul pervogo» telegram kanali xabar berdi.

Lukashenko xayrlashuv nutqida Sheymandan "uzoqqa bormaslikni" iltimos qildi. «Siz Belorussiya atrofidagi vaziyatni ko‘rasiz. Xudo saqlasin, men va siz hali ham avtomatni qo‘limizga olib, mamlakatni himoya qilamiz. Vaziyat yaxshi emas", – dedi Lukashenko.



63 yoshli Sheyman Lukashenkoning raqiblarini yo‘q qilgan "o‘lim otryadlari"ning yaratuvchisi hisoblanadi, deb yozadi "Novaya gazeta". Sheyman parashyutchi, Afg‘onistondagi urush qatnashchisi. 1994 yildan beri u Lukashenkoning jamoasida eng yaqin odamlardan biri bo‘lib, Belorussiya Xavfsizlik Kengashida bo‘lgan va uni boshqargan, Prezident ma’muriyati rahbari va mamlakat bosh prokurori bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!