Lukashenko suverenitet va konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish to‘g‘risida Farmon imzoladi

Lukashenko suverenitet va konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish to‘g‘risida Farmon imzoladi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko "Suverenitet va konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish to‘g‘risida" gi Farmonni imzoladi. Bu haqda Belarus Prezidentining rasmiy saytiga tayanib, RIA NOVOSTI xabar qiladi.

"Farmon mamlakat mustaqilligi va suverenitetini saqlashga qaratilgan", deyiladi xabarda.

Hujjatda, davlat rahbari suiqasd, terroristik hujum, tashqi tajovuz yoki boshqa zo‘ravonlik harakatlari tufayli vafot etgan taqdirda, Hokimiyat boshqaruvi Xavfsizlik Kengashiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

"Barcha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Bosh vazir raisligidagi Xavfsizlik Kengashi qarorlariga muvofiq harakat qilishadi", deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, mamlakatda zudlik bilan favqulodda holat yoki harbiy holat joriy yetiladi va Xavfsizlik Kengashi uni ta’minlash choralarini belgilaydi. Kengash qarorlari hamma uchun majburiy bo‘ladi va so‘zsiz ijro etiladi.

Bundan tashqari, Xavfsizlik Kengashi hokimlar ishtirokida asosiy masalani - saylovlarni o‘tkazishni hal qiladi.

Aprel oyi o‘rtalarida Lukashenko o‘zi va farzandlari hayotiga suiqasd tayyorlayotgan bir guruh odamlar hibsga olingani haqida e’lon qilgan edi. Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunga AQSh maxsus xizmatlari aloqador va hibsga olinganlar orasida chet el fuqarolari ham bor. KGB isyonchilar mamlakatda hokimiyatni qurolli ravishda egallab olishga tayyorlanayotganiga aniqlik kiritgan.

To‘ntarish tashkillashtirishga urinishda 9 kishi ayblangan.Ularning orasida advokat Yuriy Zenkovich, siyosatshunos Aleksandr Feduta va muxolifat (BPF) partiyasi rahbari Grigoriy Kastusev ham bor. Hibsga olinganlarning to‘rt nafari Belorusiya tergov izolyatorida, yana besh kishi AQSH, Litva va Ukrainada. Minsk ushbu mamlakatlarga sudlanuvchilarni ekstradisiya qilish to‘g‘risida so‘rovlar yubordi, deyiladi xabarda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!