Lukashenko: Rossiya-Belarus yagona armiyasi tuzilmoqda

Lukashenko: Rossiya-Belarus yagona armiyasi tuzilmoqda

Rossiya-Belarus mintaqaviy guruhiga kiruvchi harbiylar yagona armiya tuzishga tayyorlanmoqda, dedi Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya bilan birgalikda tez orada ittifoq davlatini himoya qilish to‘g‘risida yangi hujjat ishlab chiqiladi.

“Bu yerda hech kim bo‘linmayapti: ikki guruh yagona armiya tuzishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Atrofdagilar bu amalimizdan xabardor, biz hech narsani yashirmayapmiz”. Davlat yetakchisining ushbu so‘zlarini “BelTA” agentligi keltirgan.

Oktyabr oyi boshida Belarus Prezidenti respublika hududida Rossiya-Belarus mintaqaviy guruhi tashkil etilishi haqida gapirib, bu reja G‘arb tahdidi bilan bog‘liqligini ta’kidlagandi.

Belarus Matbuot vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, guruhdagi rossiyalik harbiylar soni 9 ming nafar bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!