Lukashenko prezident saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirdi

Lukashenko prezident saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirdi

Lukashenko komissiyaga hujjat topshirgan yettinchi nomzod bo‘lgan. 30 iyunda komissiya 6 nomzod ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan 100 mingta imzoni to‘plaganini ma’lum qilgan. 

Jumladan, Belgazprombankning sobiq boshqaruv raisi, hozirda hibsga olingan Viktor Babariko, parlament quyi palatasining sobiq deputati Anna Kanopaskaya, “Govori pravdu” (Rostini ayt) jamoatchilik birlashmasi hamraisi Andrey Dmitriyev va Belarus sosial-demokratik “Gramada” partiyasi raisi Sergey Cherechnyadan hujjatlar qabul qilingan.

Belarus prezidenti saylovlari 9 avgustga belgilangan. Nomzodlarning ro‘yxatga olinishi 5 iyuldan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Ularning yakuniy ro‘yxati shu bosqichdan keyin ma’lum bo‘ladi. 1994 yildan beri Belarus prezidenti kursisini egallab kelayotgan Lukashenko ushbu lavozimni 6-muddat egallashga da’vogarlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!