Lukashenko iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lukashenko egalladi

Lukashenko iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini Lukashenko egalladi

Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko 1997 yil may oyida tayinlangan Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) raisi lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda BelTA Telegram-kanalida xabar berildi.

Ushbu lavozimda uning o‘rnini to‘ng‘ich o‘g‘li Viktor Lukashenko egalladi.

2019 yil aprel oyidan boshlab u Belorusiya MOQ birinchi vise-prezidenti lavozimida ishlagan va shu yilning noyabr oyida Olimpiya assambleyasi tomonidan ushbu lavozimga saylangan.

2020 yil dekabrda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Lukashenkoga tashkilot homiyligida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarda qatnashishni vaqtincha taqiqladi. XOQ prezidenti Tomas Baxning so‘zlariga ko‘ra, prezident boshchiligidagi Belorusiya Milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy kamsitishlardan himoya qilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!