Lukashenko: "Birinchi navbatda siz tarafdan juda kuchli bosim ostidaman"

A A A
Lukashenko: "Birinchi navbatda siz tarafdan juda kuchli bosim ostidaman"

Belorus rahbari Aleksandr Lukashenko prezident bo‘lishdan charchaganini, ammo u o‘z tarafdorlari bosimi ostida lavozimida qolayotganini aytdi.

“Tasavvur qilyapsizmi, birinchi navbatda siz tarafdan juda kuchli bosim ostidaman. Sizlarga pand berishdan qo‘rqaman. Fikrimcha, aynan siz barrikadalarda turib meni qo‘llab-quvvatlaysiz, mendan qandaydir idol yasab olasiz va hokazo. Men esa sizlarni, davlat xizatchilariga pand bersam... Buni qay darajada mas’uliyatli ish ekanini tasavvur qilolmaysiz”, – degan Lukashenko.

Bundan tashqari, prezident uning o‘rniga kelgan shaxslar hokimiyatni ushlab qolishiga kafolat yo‘qligini, shundan keyin mamlakatda beqarorlik boshlanishini, shuningdek, o‘z farzandlaridan xavotirda ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!