Luis Suarecning keyingi manzili AQSh bo‘ladi

Luis Suarecning keyingi manzili AQSh bo‘ladi

Hujumchi Luis Suares Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatidan so‘ng faoliyatini «Los-Anjeles Gelaksi»da davom ettirishi mumkin.

«Nasional» jamoasi prezidenti Xose Fuentes 35 yoshli futbolchining shartnomasi 2022 yil oxirida yakuniga yetishini ma’lum qildi. Suares erkin agent sifatida AQSh klubi safiga qo‘shiladi.

Avvalroq hujumchiga Yevropaning bir nechta klubidan taklif borligi xabar qilingandi.

Urugvaylik hujumchi 2022 yil iyul oyida «Nasional» bilan shartnoma imzolagan va klub safida 11 o‘yinda 4 ta gol, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Luis Suares faoliyati davomida «Groningen», «Ayaks», «Liverpul», «Barselona» va «Atletiko»da to‘p surgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!