Loukoster aviakompaniyalar arzon narxlarni qayerdan oladi?

Loukoster aviakompaniyalar arzon narxlarni qayerdan oladi?

Ma’lumki odatiy aviakompaniya va loukoster aviakompaniyalar chipta narxlari orasida katta farq bor. Loukoster aviakompaniya biletlari bir necha baravar arzon bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh buning siri nimada, nimaning hisobidan loukoster aviakompaniya chiptalari buncha arzon?  

Ushbu savol bilan Sputnik  aviasiya sohasi va biznesni boshqarish bo‘yicha mutaxassis Lovkovskiy Vasiliyga murojaat qildi.  

Ekspert fikriga ko‘ra loukoster aviakompaniyalar quydagi omillar evaziga chipta narxini arzon qilishga muvaffaq bo‘lishadi:  

  • Faqat yangi samolyotlardan foydalanish - chunki samolyot qanchalik yangi bo‘lsa, uni shunchalik kamroq ta’mirlash kerak bo‘ladi va undan foydalanish xarajatlari arzonlashadi.
  • Faqat bir xil modeldagi samolyotlardan foydalanish – masalan, Ryan Air, Pobeda kabi aviakompaniyalarga nazar solsangiz, ular faqat bir xil samolyot modellaridan foydalanishadi. Buning bir necha ustunlik taraflari bor:  birinchidan ular bir necha dona bir xil samolyot sotib olishda ishlab chiqaruvchidan chegirma olishlari mumkin. Ikkinchidan esa – bir xil modeldagi samolyot uchun bir xildagi ehtiyot qismlar zahirasi kerak bo‘ladi. Uchinchidan – mexanik va uchuvchilarni tayyorlashda ham bir xil samolyot qulay.
  • Xodimlariga kuchliroq talablar qo‘yish evaziga - ular tezroq va xatosiz ishlashi kerak bo‘ladi. Masalan hozirgina uchib kelgan samolyotni tezroq  ko‘zdan kechirib yangi parvozga tayyorlashi va ho kazo. Har bir xato yoki yo‘qotilgan vaqt  – bu jarima, pul.
  • Samolyotlar yerdan ko‘ra havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish natijasida. O‘rtacha hisoblaganda, ularning uchish soati – juda ko‘p. Buning evaziga ularning qimmatbaho yerda turish vaqti kamayadi.
  • Xizmatlar soni va turini cheklash natijasida - aviakompaniya  katta va qimmat infratuzilmadan voz kechishi mumkin. Shu sabab siz loukoster kompaniya samolyotlarida ekranlar yoki turli-xil taomlarni uchratmaysiz. Infratuzilma qancha odiiy bo‘lsa – xarajat shuncha kam.
  • Camolyotlari doim liq to‘la uchish evaziga - ularda ko‘p joy egallaydigan biznes klass o‘rindiqlar yo‘q. Ularning o‘rniga ham ko‘proq yo‘lovchi olinadi. Shuningdek parvoz jadvallari ham shunga mos ravishda tuziladi. Natijada samolyot doim to‘la.
  • Xodimlarga kamroq maosh to‘lash evaziga- loukoster kompaniyalar tajribali va katta maosh so‘raydigan uchuvchilar bilan emas – yosh va arzonroq personal  olib uni o‘zlari tayyorlashni ma’qul ko‘rishadi. Shuning evaziga ularga kamroq maosh to‘lash imkoni ham paydo bo‘ladi.

Xo‘sh, ushbu kompaniyalar faqat iqtisod qilish bilash shug‘ullansa, chiptalarni arzon narxda sotsa, ular nimaning hisobidan yashaydi, qanday daromad oladi?

Loukoster kompaniyalarda odatda chipta narxi - unning tannarxiga yaqin bo‘ladi. Ko‘p hollarda yo‘lovchilarga albatta u yoki bu qo‘shimcha xizmatlar kerak bo‘ladi. Masalan bagaj olib uchish, parvozda ovqatlanish, o‘rindik joyini oldindan belgilash kabi. Shuning uchun ular chipta sotib olinganidan so‘ng yoki parvoz oldidan qo‘shimcha haq to‘laydi.

Agar siz odatiy kompaniya taklif etadigan barcha xizmatlarni loukoster kompaniyadan xarid qilsangiz – chipta narxi odatiy aviakompaniya narxidan ham ancha qimmat bo‘ladi. Shuni bilib qo‘yish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!