London Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling ajratishni rejalashtirgan

London Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling ajratishni rejalashtirgan

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass joriy haftada dunyo yetakchilariga Londonnning Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling ajratish rejasini ma’lum qilmoqchi. Ushbu mablag‘ 2023 yilda berilishi ko‘zda tutilayotgan harbiy yordam hisoblanadi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.

Trass, dushanba kuni Londonda bo‘lib o‘tgan Yelizaveti II ning davlat dafn marosimida ko‘plab davlatlar yetakchilari bilan uchrashgani aytilmoqda. Seshanba kuni esa u Nyu-York shahrida bo‘lib, Ukrainani kelgusida ham qo‘llab-quvvatlashini e’lon qiladi, deb yozmoqda gazeta.

AQShga tashrifi chog‘ida u prezident Jo Bayden bilan ikki tomonlama muzokara olib boradi. Bundan tashqari, seshanba kuni Trass Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ham muzokara olib borishi rejalashtirilgan.

Avgust oxirida Britaniya hukumati Rossiya maxsus harbiy amaliyot boshlagandan keyin Kiyevga 2,3 milliard funt sterling ajratganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!