"Lokomotiv" ustozi: "O‘zbekiston bunaqa tizim bilan jahon chempionatiga umuman chiqa olmaydi. Nol" (VIDEO)

"Lokomotiv" ustozi: "O‘zbekiston bunaqa tizim bilan jahon chempionatiga umuman chiqa olmaydi. Nol" (VIDEO)

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda championat.asia xabar berdi.

"O‘yin qiyin o‘tdi. Ilk 20 daqiqalikda "Qo‘qon-1912" jamoasi agressiv o‘yin namoyish etdi. Hakamlar ham o‘yinni shunday davom ettirishga qo‘yib berishdi. Bizning fikrimiz bo‘yicha birinchi golni qo‘li bilan urdi. Ikkinchi bo‘lim o‘ynash uslubimizni o‘zgartirdik. Birinchi bo‘limga qaraganda ancha yaxshi o‘ynadik. 2:1 bo‘lishidan oldin Diyor Turopovda gol urish uchun imkoniyat bo‘lgandi. Hakam bu vaziyatda e’tibor bermadi. Ko‘pchilikning aytishicha futbolkasidan tortib qolgan ekan",- deydi Mikael Sekeyra

- "Lokomotiv"ning so‘nggi uchta uchrashuvi qoldi. "So‘g‘diyona", "Paxtakor" va Qarshida "Nasaf" bilan. Mana shu uchrashuvlarda ochko olish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Harakat qilamiz. Bugun mag‘lubiyatga uchrashimiz kerakmasdi. Futbolchilar kiyim almashtirish xonasida hafa bo‘lib o‘tiribdi. Bu hakam bizning ishtirokimizdagi 3ta o‘yinda ham mag‘lubiyatga olib kelgan. "Bunyodkor" bilan bahsda o‘yinaydigan vaziyatda penalti qo‘yib bergan. Yakunda ular 3:2 hisobida yutib ketdi. Bugungi hakamlikdan o‘zim ham hafaman. Portugaliyadagi hayotim davomida bunday hakamlikni ko‘rmaganman.

Men o‘zimning fikrimni aytaman. O‘zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo‘l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O‘zbekiston UYEFAga a’zo bo‘lganidan so‘ng ko‘tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o‘zbek futboliga yakun yasab beradi. UYEFAda hakamlar boshqacha bo‘ladi, futbolchilarning bir-biriga bo‘lgan hurmati o‘zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi. Bir kun ketadigan bo‘lsam, juda hafa bo‘lib ketaman. Chempionat yakunlangach uyimga yo‘l olaman. Hafa bo‘ladigan tomonim, bu yerda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko‘paymasa, UYEFAda bo‘lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko‘rdim. Ammo, shu ketish bo‘lsa, cho‘kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!