Lokdaun davrida qimmat restoranda tushlik qilgan fransuz vazirlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkaziladi

Lokdaun davrida qimmat restoranda tushlik qilgan fransuz vazirlari bo‘yicha surishtiruv o‘tkaziladi

"M6" telekanalining "mijozlari niqob taqmay, karantin cheklovlariga amal qilmaydigan sirli restoran" haqidagi reportaji surishtiruvga sabab bo‘lgan.

Restoran menyusida narxlar $188–$580gacha bo‘lgan. Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen vazirlarning ziyofatga qatnashgani to‘g‘risidagi surishtiruvni Parij polisiyasiga bergan.

Ma’lumot uchun, Fransiyada karantin qoidalariga amal qilmaganlik uchun 1 yilgacha qamoq jazosi va birovning hayotini xavf ostiga qo‘yganlik uchun $17000gacha jarima belgilanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!