Liviyada harbiylar bo‘lgan ikkita Mi-8 vertolyoti to‘qnashdi, qurbonlar bor (foto)

Liviyada harbiylar bo‘lgan ikkita Mi-8 vertolyoti to‘qnashdi, qurbonlar bor (foto)

Liviya milliy armiyasi (LMA)ning ikkita vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari paytida havoda to‘qnashdi. Natijada kemalardan birining ikki ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, ikkinchisidagi harbiylar tirik qoldi.

AlJamahiriya TV telekanalining xabar berishicha, Mi-8 vertolyotlari Beng‘ozi shahrining janubi-sharqidagi manevrlarda qatnashgan.

Avvalroq LMA va Liviya milliy kelishuv hukumati xorijiy qo‘shinlarni zudlik bilan olib chiqish to‘g‘risida kelishib olgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Liviya milliy armiyasini feldmarshal Xalifa Xaftar boshqaradi, uning qo‘shinlari mamlakat sharqini nazorat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!