Lisichansk to‘liq egallab olinganini ma’lum qilindi

Lisichansk to‘liq egallab olinganini ma’lum qilindi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina sharqidagi Lisichansk shahri to‘liq bosib olinganini ma’lum qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.

"Ukrainalik siyosatchilar, taniqli jurnalistlar va harbiy ekspertlarning baland ovozda bayonotlari va yorqin xulosalari bir zumda barbod bo‘ldi. Lisichansk bosib olindi!", deydi Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar ko‘chalari bo‘ylab chechen huquq-tartibot idoralari xodimlari bo‘lgan avtomobillar karvoni harakatlanishni boshlagan.

“Bizning bannerlarimiz ko‘chalar va shaharning bosh maydonida osib qo‘yilgan, chunki ular Rossiyaning erkinligi, qudrati va buyukligini ifodalaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Checheniston rahbari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!