Liam Nison jangari filmlarda rol o‘ynashni to‘xtatdi

Liam Nison jangari filmlarda rol o‘ynashni to‘xtatdi

Britaniyalik aktyor Liam Nison endi jangovar filmlarda suratga tushmaydi.

Aktyor bu haqda “ET Online”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Nisonning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon keksaygan va jangari sahnalardagi harakatlar unga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

"Men 68 yarim yoshdaman. Bu yil 69ga kiraman. Menimcha to‘xtash payti keldi", degan aktyor.

Uning ta’kidlashicha, hamisha jangari filmlarning suratga olinish ishlari davomida zavqlangan va hech qachon unutilmas tajribaga ega bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!