Lavrov ertaga Marko Rubio bilan uchrashadi

Lavrov ertaga Marko Rubio bilan uchrashadi

Bu haqda TASS xabar bermoqda.​

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ertaga AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

U ertaga kunning birinchi yarmida - Filippindagi ASEAN sammitining so‘nggi kunida o‘tkazilishi kelishib olingan. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Manilada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Buni AQSh Davlat kotibi ham tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "ikki yadroviy davlat muloqot qilmasligi mumkin emas."

​Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv kunning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Shu paytgacha uchrashuv shubha ostida edi. Garchi avvalroq uni Rubioning o‘zi e’lon qilgan bo‘lsa-da, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi uni ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Lekin sana ham, vaqt ham aytilmadi. Bularning barchasi AQShda Rossiyaga, jumladan, shaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi "do‘zaxiy" sanksiyalar muhokama qilinayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президент