Lavrov 5 dekabr kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazadi

Lavrov 5 dekabr kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazadi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 5 dekabr, dushanba kuni Moskvada ozarbayjonlik hamkasbi Jeyhun Bayramov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

“Ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining eng dolzarb jihatlari, jumladan, Ozarbayjon-Armaniston munosabatlarini normallashtirish masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

26 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon rahbarlari Vladimir Putin va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!