Latviyada so‘nggi bir kun ichida koronavirusning yangi holatlari aniqlanmadi

Latviyada so‘nggi bir kun ichida koronavirusning yangi holatlari aniqlanmadi

So‘nggi bir kun ichida Latviyada COVID-19 uchun 1467 ta test o‘tkazildi, kasallikning yangi holati qayd etilmadi, deya xabar berdi mamlakatning Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazi.

"Pandemiya boshlangandan beri COVID-19 uchun 169.947 ta test o‘tkazildi va hammasi bo‘lib 1173 kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yildi. O‘tgan kun davomida esa 1467 ta test o‘tkazildi, kasallikning yangi holatlari esa aniqlanmadi ”, deyiladi xabarda.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!