Latviyada Rossiya josusi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Latviyada Rossiya josusi 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Riganing Vidzemskiy sudi Valentin Frolovni Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblab 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Ushbu qaror sudning yopiq majlisida chiqarilgan. Frolovga Jinoyat kodeksining noqonuniy ma’lumot to‘plash va uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy davlat razvedkasiga berish aybi qo‘yilgan. Sud ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, u razvedka xizmati binosining o‘zida ma’lumot yig‘gan. Frolovga 5 yil qamoqdan tashqari, 3 yil probasiya kuzatuvi ham qo‘llanilishi belgilangan. Uning so‘nggi olti oyda qamoqxonada o‘tirgani ham jazo muddatiga qo‘shiladi. Qarorning kuchga kirguniga qadar Frolov garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Ammo unga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan.

8 may kuni Latviyaning «De facto» teledasturi Riga atrofida yashovchi Frolovning rossiya foydasiga uzoq muddat josuslik qilib kelganini ma’lum qildi. U 1980 yillarda Sovet armiyasida xizmat qilganligi va hozirda qurilish sohasida biznes bilan shug‘ullanishi ochiqlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining yillik hisobotida aytilishicha, Frolov NATO kuchlarining joylashuvi to‘g‘risida ma’lumot to‘plagan. U o‘tgan yili qamoqqa olingan. sobiq josusning advokati Egon Rusanov qamoq o‘rniga garov evaziga uy qamog‘i bilan almashtirishni so‘ragan. Shundan keyin u 30 ming yevro evaziga ozod qilingan.

Bundan tashqari, Latviya maxsus xizmatlari josuslik bilan aloqador 8 ishni o‘rganishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!