"Laqabi "Hoji" edi": Turkiyadagi portlashda gumon qilinayotgan ayol ayrim haqiqatlarni oshkor qildi

"Laqabi "Hoji" edi": Turkiyadagi portlashda gumon qilinayotgan ayol ayrim haqiqatlarni oshkor qildi

Istanbulda terakt sodir etishda gumon qilinayotgan Ahlam Albashir so‘roq paytida bergan ko‘rsatmasida portlash sodir bo‘lgan paytda "Istiqlol" ko‘chasida yolg‘iz bo‘lmaganini, u kuzatilayotganini va voqea joyidan buyruq olganini aytdi.

Yakshanba kuni tushdan keyin Istanbulning markaziy tumanidagi "Istiqlol" ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi. Mamlakat rasmiylari hodisani terakt sifatida baholadi. Portlashdan keyin taksida jo‘nab ketgan Albashir qo‘lga olindi, u PKK terror tashkiloti (Kurdiston Ishchilar partiyasi) bilan aloqasi borligini tan oldi.

"Portlashni amalga oshirgan terrorchi Ahlam Albasir Istanbulda muhim ma’lumot berdi. Terrorchi hujum paytida yolg‘iz bo‘lmaganini aytdi", - deb xabar berdi NTV telekanali.

Albashir, shuningdek, o‘rindiqda o‘tirgan "Hoji" kodli terrorchi olomonga qarab, bombani portlatishni buyurganini aytdi.

Istanbuldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinganlar soni allaqachon 50 nafardan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!