Labdagi yoriqlar katta xavfdan darak berishi mumkin...

Labdagi yoriqlar katta xavfdan darak berishi mumkin...

Umid SAIDOV, dermatolog-shifokor:

👄 Odatda, lablarning ikki chekkasida paydo bo‘lgan yoriqlarga ko‘p ham e’tibor bermaymiz. Bunga o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan holat, deb qarashga ko‘nikkanmiz. Ammo u «o‘z-o‘zidan» o‘tib ketishini azob bilan uzoq kutishimiz haqida nega o‘ylab ko‘rmaymiz? Ba’zan unga sariyog‘, turli kremlar surtib, davolab ham ko‘ramiz. 

👄 Bunday e’tiborsizligimiz ba’zan jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi. Negaki bu yoriqlar organizmda biron-bir nosozliklar yuz berayotganidan xabar berayotgan bo‘ladi. Shuning  uchun bunday alomatlar bezovta qila boshlaganda, salomatligingizdan xabar olib qo‘ying. Shifokor ko‘rigidan o‘tib, qon va peshobni hamda ichki a’zolar ahvolini tekshirtirib qo‘yish foydadan xoli emas.

KASALLIK SABABCHILARI 
👉 Streptokokk yoki kandidamikoz bakteriyalari yoki kandida mog‘or zamburug‘lari. Bular lab va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatiga tushganda, darhol yallig‘lanish jarayonini boshlaydigan zararli bakteriyalar va zamburug‘lardir. 

👉 Avitaminoz (vitaminlarning yetishmasligi) hamda gipovitaminoz (vitaminlarning ko‘payib ketishi). Odatda, organizmga A va V guruhidagi vitaminlar yetishmaganda shunday yoriqlar hosil bo‘ladi.  

👉  Ichki a’zolar, ayniqsa, ovqat hazm qilish tizimining surunkali kasalliklari. Lablar chekkasidagi yoriqlar reflyuks ezofagit alomati yoki surunkali gastrit, pankreatit kabi kasalliklarning mavjudligini bildiradi. 

👉  Qalqonsimon bez kasalliklari (diabet, bo‘qoq va h.k.). 

👉  Keng qamrovli yallig‘lanish kasalliklari (pnevmoniya, gripp va h.k.).

👉  Stress, ruhiy zo‘riqish, uyquga to‘ymaslik.

👉  Toksik yoki kimyoviy zaharlanish.

👉  Ovqatlanishdagi muammolar: doimiy ovqatlanmaslik, tamaddi bilan kifoyalanish, yo‘l-yo‘lakay ovqatlanib ketish, suyuq va issiq ovqatlar yemaslik holatlari lablar chekkasida yoriqlarga sabab bo‘ladi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!